Huquqiy savodxonlik
Huquqiy madaniyatni bilmagan sahroda adashgan kimsaga o‘xshaydi. Har bir davlatning qonunlari va jamiyatning qoidalariga amal qilmaslik turli kor-hollarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zining yashash tarzi, mehnat qilish, ilm olish bilan bog‘liq huquqiy me’yorlarni bilish muhimdir. Bu esa insonning huquqiy savodxonligiga daxldordir.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining huquqiy ongini oshirish maqsadida 2 — TTJ da “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti” faol va tashabbuskor talabalari bilan hamkorlikda “SIZ O‘Z HUQUQINGIZNI BILASIZMI?” deb nomlangan madaniy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 2-TTJda istiqomat qiluvchi QSXEA, GTQ, GIM fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni JIDU “Xalqaro huquq fakulteti” talabalari Alijonov Said Ali hamda Rajabov A’zamjonlar olib borishdi. Talabalar huquqiy ong, huquqiy madaniyat to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbir spekirlariga murojaat qilishdi va tegishli javoblarga ega bo‘lishdi. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish hamda jinoyat yoki qandaydir huquqbuzarlik holatlari vujudga kelganda qanday yo‘l tutish kimga murojaat qilishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir tashkilotchilari QSXEA fakulteti yoshlar yetakchisi Xolmatov Zahiriddin GTQ fakulteti yoshlar yetakchisi Abdumajidov Nazar hamda 2-TTJ tarbiyachisi pedagog psixolog Sagdullaeva Dilorom kelgan mehmonlarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bilidirishdi. Talabalar bu tadbir haqida o‘zlaring ijobiy fikrlari hamda bunday tadbirlar davomli bo‘lishi ishonch bildirdilar.
Yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov